08:28 / 11.04.2016
1426

Lui van Gaal: «0:3 xunuk natija, lekin birinchi golni o‘tkazib yuborishdan oldin raqibdan yaxshiroq o‘ynayotgandik»

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal APLning 33-turida «Tottenhem»dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Birinchi golga qadar jamoalar teng o‘yin ko‘rsatishayotgandi. Eng yaxshi vaziyat biz tomonimizdan hosil qilingandi, Antoni Marsiyalda gol urish uchun zo‘r imkoniyat bo‘lgandi.

Biz raqibga birinchi golni sovg‘a qildik va futbolchilar hali nima bo‘lganini anglashiga ulgurmasidan yuzaga kelgan parokandalikdan foydalangan raqib 5 daqiqa ichida yana 2ta gol urdi.

Ikkinchi gol – standartdan, hamisha bunday vaziyatlarda ustunlik qiladigan va bosh bilan yaxshi o‘ynaydigan futbolchilarimiz o‘z duellarini boy berishdi. Alderveyreld esa fantastik zarba berdi. Bunaqasi kamdan-kam ro‘y beradi.

Yangni hujumga qo‘yganim sababini so‘raysizmi? Men hujum chizig‘ida ko‘proq harakat bo‘lishini istagandim.

Har jamoa yutqazishga haqli, ammo biz hali chempionlik poygasidamiz. Albatta, mag‘lubiyatdan keyin farqni qisqartirish zarurati yuzaga keladi va vazifa qiyinlashib boradi.

«Tottenhem» – a'lo darajadagi jamoa. Men buni o‘yindan oldin ham aytgandim. Lekin o‘yin 0:0 bo‘lib turganida biz yaxshiroq o‘ynayotgandik. 0:3 – juda xunuk natija, ammo biz gol o‘tkazib yuborishimizdan oldin ulardan ustunroq edik», – deydi van Gaal.

Top