20:26 / 11.04.2016
2024

Mixael Shumaxer o‘z karerasini boshlagan birinchi avtomobil - Benetton auksionga qo‘yildi

Mixael Shumaxer 1992 yil o‘zining ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan Formula-1 bolidi Benetton B191B Bonhams auksion uyi tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Uning boshqaruv chambaragida yetti karra jahon chempionining imzosi tushirilgan. Mashina 220-280 ming yevroga baholangan.

Mashina 1991 yilgi jahon chempionatida qatnashgan Benetton B191’ning takomillashtirilgan versiyasini o‘zida mujassamlashtirgan. Aynan o‘sha mashina 1991 yilda Vengriyada o‘tgan jahon chempionatida ilk bor qatnashgan. O‘shanda uni uch karra jahon chempioni Nelson Pike boshqargan edi. Aynan shu bolidda braziliyalik poygachi Avstraliyada o‘tgan joriy mavsumda o‘z karerasini yakunladi.

1992 yilda mashina qayta ishlandi. Dastlab uni Martin Brandlu boshqardi, so‘ngra u 23 yoshli Shumaxer ixtiyoriga o‘tdi. O‘shanda u Meksikada o‘tgan Gran-prida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. So‘ngra Braziliyada o‘tgan poygada natija qayta takrorlanadi va avtomobil musobaqalarda ishtirokini to‘xtatadi.

Top