09:36 / 11.04.2016
1629

MRB rahbari hatto AQSh prezidenti ko‘rsatmasi bo‘lsa ham qiynoq qo‘llanmasligini aytdi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jon Brennanning ma'lum qilishicha, uning qo‘li ostidagilar hech qanday qiynoq vositalari qo‘llashmaydi (shu jumladan, suvga bo‘ktirish). Bu haqda u NBC News efirida aytib o‘tgan.

"Men bunday usullarga hamish qarshi bo‘lganman. Bunday metod haqida faqat eshitganman xolos", deydi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, MRB xodimlari asirlarni va gumondorlarni suvga bo‘ktirish orqali so‘roq qilish amaliyotini ham qo‘llashmaydi.

U AQShning yangi prezidenti shunday ko‘rsatma bersa ham bunga amal qilinmasligini ta'kidlagan.

Bundan oldinroq, AQSh prezidentligi uchun saylovlarda qatnashayotgan senator Ted Kruz va milliarder Donald Tramp terrorizmga qarshi kurashda qiynoq vositalaridan foydalanish samarali bo‘lishi haqida aytib o‘tishgandi. Trampning aytishicha, gumondorlarni suvga bo‘ktirish ko‘proq foyda beradi.

2011 yilning 11 sentabridagi voqealardan keyin so‘roq vaqtida suvga bo‘ktirish usulidan foydalanishga ruxsat berilgan, 2009 yilning yanvarida bunga Barak Obama tomonidan taqiq qo‘llangandi.

Top