09:58 / 11.04.2016
1286

Pushkov Obama o‘z Nobelini liviyalik bolalarga berishi kerakligini aytdi

Rossiya Davlat dumasi Xalqaro masalalar qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkov AQSh prezidenti Barak Obamaning Liviyadagi davlat to‘ntarilishi haqidagi fikrlariga munosabat bildirib, u o‘z xatosini yuvish uchun liviyalik bolalarga o‘zining Nobel mukofotini (Tinchlik yo‘nalishida) berishi kerakligini aytdi. Bu haqda rossiyalik deputat o‘z tvitterida yozgan.

"Agar Obama haqiqatdan ham Liviyaga qo‘shin kiritish haqidagi qaroridan afsusda bo‘lsa, uzri ifodasi sifatida Nobel mukofotidan voz kechishi va uni liviyalik bolalarga berishi kerak", deydi u.

Pushkov amerikaliklar 2011 yilda Liviyadagi g‘alabadan keyin qanday qo‘shiq kuylashganini xotirlagan.

"Endi ular motam qo‘shig‘ini kuylashlari kerak", deya qo‘shimcha qilgan Pushkov.

Uning aytishicha, agar Liviyadagi urush Obama ma'muriyatining eng katta xatosi bo‘lgan ekan, bu urush tashkilotchisi bo‘lgan Hillari Klinton mamlakatning keyingi prezidenti bo‘lishga haqli emas.

Bundan oldinroq, Obama Liviyaga bostirib kirish qarorini o‘zining eng mudhish xatosi deb atagani haqida xabar berilgandi.

U Liviya yetakchisi Muammar Kaddafini 2011 yilda taxtdan ag‘darish operatsiyasi oqibatlari aniq rejasining yo‘qligini o‘zining prezidentlik davridagi eng mudhish xatosi bo‘lganini tan oldi.

Top