22:02 / 11.04.2016
2066

Qozog‘istonliklar 10 yil ichida birinchi marta dollarni sotib olganlaridan ko‘ra ko‘proq sotishdi

2016 yil mart oyida Qozog‘iston Milliy banki ichki valyuta bozorida intervensiyalar o‘tkazdi, ularning hajmi xorijiy valyutani sotib olish ko‘rinishida 1 235,95 mln AQSh dollarni tashkil qildi, deb xabar bermoqda Milliy bank matbuot xizmati.

Valyuta intervensiyasi biror davlat milliy bankining valyuta bozori va valyuta kursiga ta'sir qilish uchun qaratilgan ta'siri bo‘lib, bank tomonidan xorijiy valyutaning katta partiyasini sotish yoki sotib olish bilan amalga oshiriladi.

Milliy bankning valyuta bozoridagi ishtiroki ulushi 41,7 foizni tashkil qildi. Bunday operatsiyalarni amalga oshirish zarurati AQSh dollariga past talab va uni sotishga taklifning o‘sishi o‘rtasidagi mavjud disbalans tufayli yuzaga kelgan.

Xorijiy valyutani sotish taklifining o‘sishi neft narxining barqarorlashishi va Rossiya rublining dunyo valyutalariga nisbatan mustahkamlanishi ortida tanganing jozibadorligi oshishiga xizmat qildi.

Banklarning xorijiy valyutani tangaga ayirboshlash operatsiyalari hajmi oshgani ham kuzatilmoqda.

Aholining valyutaga nisbatan munosabati ham o‘zgardi. Naqd xorijiy valyuta bozorida fevralda 10 yil ichida birinchi marta aholi tomonidan AQSh dollari sotilishi uni
sotib olish hajmidan ko‘proqni tashkil qildi.

Xorijiy valyutaga joriy taklif ichki tizimli xarakterga ega bo‘lib, tanganing keskin mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin.

Tanganing ayirboshlash kursining bunday o‘zgarishi to‘lov balansi va umuman iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va milliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun raqobatchilik sharoitlarini yomonlashtiradi.

Qayd etish joizki, 11 apreldagi ertalabki savdolarda tanga kursi sezilarli o‘sish namoyon qildi.

Top