19:48 / 11.04.2016
2067

Rossiyalik aktyor Albert Filozov vafot etdi

Moskvada 11 aprel kuni Rossiya Federatsiyasining xalq artisti Albert Filozov 79 yoshida vafot etdi. Bu haqida "Zamonaviy pesa maktabi" teatri vakillari xabar berishgan.

Oxirgi marta Filozov sahnaga 27 mart kuni "Gorod" ("Shahar") spektaklida sahnaga chiqqan.

Teatrning matbuot xizmati "Albert Leonidovich bugun ertalab hayotdan ko‘z yumdi, avvaldan og‘ir kasal bo‘lgan. Remissiya davri bo‘ldi, ammo afsuski Filozov kasallikni yenga olmadi, oxirgi ikki hafta uning ahvoli keskin yomonlashdi", deya xabar bergan.

Albert Filozov kinoda yuzdan ortiq rollar ijro etgan. Jumladan, "Merri Poppins, xayr!", "Vassa", "Tehron 43", "Bechora Nastya" kabilar.

Top