00:08 / 11.04.2016
1754

Shahzoda Uilyam va malika Keytning iltimosi hindistonliklarning achchig‘ini keltirdi

Shahzoda Uilyam va malika Keytning Hindistonga bir haftalik safari noxush holat bilan boshlandi. Juftlik Hindistonning eng mashhur diqqatga sazovor joyi Toj-Mahal ehromida suratga tushmoqchi bo‘ldi. Hozirda ehromda rekonstruksiya ishlari bormoqda va shuning uchun u qurilish havozalari bilan o‘ralgan. Kembrij gersog va gersoginyasi surat mukammal chiqishi uchun havozalarni olib turishni iltimos qilishdi.

Biroq juftlikning bu iltimosi hind hukumati tomonidan betakalluflikdek qabul qilinib, ularning g‘azabini keltirdi, Hindiston jamoatchiligi va OAV esa britan shahzodasi nomiga g‘azabini sochdi, deb yozmoqda Mirror.

Hindistonda hali ham Buyuk Britaniya tomonidan hind hududlari mustamlaka qilingan zamonlar esdan chiqmagan va mamlakatda britaniyaliklarning o‘z xohishini o‘tkazishga urinishi og‘riqli qabul qilinadi.

Bu orada matbuotga juftlikning Hindistonga safarini Tata Steel hind kompaniyasi moliyalashtirgani haqidagi ma'lumot chiqib ketdi. Kompaniya bundan avvalroq minglab xodimlarini qisqartirishini ma'lum qilgandi. Uilyam bu holat bilan bog‘liq mojaro yuzaga kelmasligi uchun o‘zining safari dasturini undan kompaniya bilan bog‘liq barcha tadbirlarni olib tashlashni talab qilgan holda o‘zgartirdi.

Top