15:24 / 11.04.2016
2759

Termizda “Yosh chegarachilar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Termizda “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyatidagi 50 dan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik klublari faoliyat yuritmoqda. Yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ko‘nikmasini mustahkamlash, ularning jismoniy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tayyorgarligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etayotgan klublarda barcha sharoit yaratilgan. Klub a'zolari bilan mohir chegarachilar ishtirokida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, yoshlarning harbiy qismlarda bo‘lib, chegarachilar hayoti bilan tanishayotgani ham ularning sohaga intilish va qiziqishini oshirmoqda.

Jamoalar 12 shart bo‘yicha bilim va mahoratini namoyish etdi. Termiz shahridagi 1-akademik litseyning “Sarhad posbonlari” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Musobaqada ikkinchi, uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar, “Prezident asarlari bilimdoni”, “Ingliz tili bilimdoni”, “Eng yaxshi murabbiy”, “Eng chaqqon sportchi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

Top