12:27 / 11.04.2016
1938

Xitoyda 1 yil ichida inflyatsiya ko‘rsatkichi 2,3 foizga o‘sdi

Mart oyida Xitoyda iste'mol tovarlari uchun narxlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 foizlik o‘sishni tashkil qilgan. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi davlat statistik boshqaruvi hisobotida ma'lum qilingan, deb xabar beradi TASS.

2015 yilning mart oyi bilan solishtirganda mahsulotlar narxining o‘sishi 2,5 foizni tashkil etdi, xizmatlar esa 1,9 foizga qimmatlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi esa 7,6 foizga ko‘tarilgan.

Fevral oyi bilan taqqoslaganda esa mart oyida narxlar 0,4 foizga arzonlashgan.

Xitoy hukumati 2016 yil uchun inflyatsiya darajasi ko‘rsatkichini 3 foizdan oshirmaslikka urinishini bildirdi.

2015 yilda iste'mol tovarlari narxi 2014 yil bilan taqqoslaganda 1,4 foizga o‘sgan.

Top