20:26 / 11.04.2016
1465

Zlatan Ibrahimovich: «Men keksa bo‘lib tug‘ilgandim, yildan-yilga yosharmoqdaman»

«PSJ» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich «Manchester Siti»ga qarshi YeChL chorak finalidagi javob uchrashuvi oldidan o‘zi va jamoasining joriy mavsumdagi o‘yinlari haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Siz yana bir marta «PSJ» bilan YeChLning hal qiluvchi o‘yinida maydonga tushasiz. Siz jamoa tarixiga kirishni qay darajada kuchli istaysiz?

- Har safar biz o‘z oldimizga iloji boricha uzoqroqqa borish maqsadini qo‘yganmiz, lekin hali finalgacha chiqmadik. Bu yilgi vazifamiz ham shunday - imkon qadar turnir oxirigacha borish. Bu turnirda nimalar sodir bo‘lishini oldindan aytish qiyin. Chempionlar ligasi shunisi bilan qiziq. Hamisha bor kuch bilan maqsad sari harakat qilish mumkin, lekin voqealar rivojini oldindan taxmin qilish juda qiyin. Biz bu mavsumda har qachongidan ko‘ra yaxshiroq o‘ynamoqdamiz. Bizda tajriba to‘plandi. Biz uchun endi chorak finalga chiqish natija emas.

- O‘tayotgan mavsumdagi o‘yinlaringizdan qanchalik qoniqdingiz?

- Men mavsumni maroq bilan o‘tkazmoqdaman. Mavsum avvalida turli tanqidlar bildirilgandi, ammo barcha jim bo‘lgan va o‘yinimdan rohatlanmoqda. Men shunday ish qildim. Men odamlarga futboldan rohatlanish imkoniyatini taqdim etdim.

- Siz 34 yoshdasiz; Siz o‘zingizning eng yaxshi o‘yinlaringizni aynan hozir o‘tkazayapman deb o‘ylaysizmi?

- Ha, men avvallari hozirgi kabi yaxshi o‘ynamagandim. Hech qachon o‘zimni hozirgi kabi kuchli sezmaganman. Aytishim mumkinki, men keksa holimda tug‘ilganman va yosh bo‘lib o‘laman. Buni shunga qiyoslash mumkin.

- Yoshiningiz ortgan sari sportdagi yutuqlarga bo‘lgan chanqoqligingiz ortmoqdami?

- Ha, men yutuqlarni qadrlay boshladim. Bu boshda ro‘y beradi. Bu ruhiy holat. Sen o‘zingni bardam va yosh his qila boshlasang, aslida ham shunday bo‘ladi. Joriy mavsumda men o‘z o‘yinimni ko‘rsatdim. Yosh — bu shunchaki raqamlar. Sening yoshliging — sening boshingda bo‘ladi. Qanchalik yoshligingni sening onging hal qiladi. Shunday ekan, men o‘zimni juda yosh deb hisoblayman.

- Siz hozirgi jamoangiz bilan Fransiyada yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinni yutdingiz. «PSJ» bilan YeChLda g‘olib chiqish siz uchun nimani anglatadi?

– Men sovrinlar uchun o‘ynayman. Agar menda qandaydir sovrinni yutish uchun imkon paydo bo‘lsa, bor kuchim bilan shunga intilaman. Butunlay. Shuning uchun, bizda bu turnirda zafar quchish uchun imkon bor ekan, biz albatta bunga bor kuchimiz bilan intilamiz. Bu sovrinni yutishni faqat raqiblarimiz va ularning muxlislarigina emas, biz va muxlislarimiz ham istashadi. Biz shuning uchun shu yerdamiz. Biz mashg‘ulotlar o‘tkazdik va g‘alaba uchun tayyorlandik. Ko‘ramiz, o‘yinda nima bo‘larkan», – deydi futbolchi.

Mino Rayola: «Zlatan – Bred Pittning yildan-yilga yosharadigan qahramoni Benjamin Battonni eslatadi»

Top