13:50 / 12.04.2016
1546

69 yashar tennischi ayol ITF turnirining ikkinchi davrasida mag‘lub bo‘ldi

AQShning Pelhem shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan o‘tkazilgan xalqaro turnirda 69 yoshli Geyl Falkenberg 20 yashar Teylor Taunsendga mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda Wall Street Journal xabar bermoqda.

Uchrashuv 36 daqiqa davom etdi. Falkenberg 0:6, 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ma'lumot uchun: Falkenberg 1947 yilda AQShda tavallud topgan. Tennisdagi faoliyatini 1986 yilda boshlagan. Uning Ayollar tennisi assotsitsiyasidagi (WTA) reytingi 360-o‘rindan yuqorilamagan.

Pelhemdagi turning birinchi davrasida u 22 yoshli Rozalin Smollni 6:0, 6:1 hisobidan mag‘lub etgan edi.

Top