18:07 / 12.04.2016
1485

Andre Shyurrle: «Real» bilan o‘yinda o‘rtaga jonimiz tikilgani kabi o‘ynaymiz»

«Volfsburg» jamoasi yarimhimoyachisi Andre Shyurrle «Real»ga qarshi kechadigan YeChL chorak finalining javob uchrashuvi oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu o‘yinda biz 100 million foizga yoqiq bo‘lamiz. Biz bu o‘yinda o‘rtaga jonimiz tikilgani kabi harakat qilamiz. O‘yin feyyerverkka aylanadi. Jamoaning kayfiyati shunday holatda.

Biz ichki chempionatda «Maynts»ga qarshi o‘yinda juda yomon harakat qildik, buni anglab turibmiz. Lekin bu o‘yin arafasidagi zavqimiz to‘lib-toshib turibdi», – deydi Shyurrle.

Top