21:50 / 12.04.2016
1460

"Benfika" muxlisini kaltaklagan politsiyachi 10 yilga qamalishi mumkin

Portugaliya prokuraturasi 2015 yili "Benfika" jamoasi muxlislaridan birini kaltaklagan politsiyachiga 10 yillik qamoq jazosi hukmi chiqarishni so‘ragan. Bu haqda The Guardian xabar yozgan.

2015 yilning mayida "Benfika" jamoasi "Vitoriya" jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagach, Portugaliya chempionligiga erishgandi. O‘yindan keyin stadion yaqinida politsiya zobiti (ismi ma'lum qilinmagan) "Benfika"ning 43 yoshli muxlisi, tadbirkor Joze Magalyaynshaga 9 va 13 yoshli bolalari ko‘z o‘ngida kuch ishlatgan hamda uni kaltaklagan. O‘sha vaqtda ota o‘g‘illaridan birini himoya qilishga kirishganda politsiyachi uning yuziga bir necha marta zarba bergan.

Xabarda aytilishicha, bu zo‘ravon politsiyachiga jarima qo‘llanishi ham mumkin. Sud hukmi e'lon qilinadigan kuni aniq aytilmagan.

Top