19:41 / 12.04.2016
1697

Buxoroda tennis bo‘yicha xalqaro “Fyuchers” turniri boshlandi

Buxoroda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimidan joy olgan erkaklar o‘rtasidagi “Fyuchers” turniri boshlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Turnirda O‘zbekiston, Belarus, Bolgariya, Rossiya, Qozog‘iston, Chexiya, Xitoy Taypeyi, Serbiya, Gretsiya, Gruziya, Shveytsariya, Bosniya-Gertsegovina va boshqa mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqda.

Yakshanba va dushanba kunlari 32 nafar raketkachi ishtirokidagi saralash bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda mahoratda ustun kelgan sakkiz nafar sportchi musobaqaning asosiy to‘ridan o‘rin olgan 24 nafar tennischi safiga qo‘shildi.

Musobaqada mamlakatimiz sharafini asosiy to‘rda 6 nafar tennischi himoya qilmoqda. Yakkalik va juftlik musobaqalaridan iborat xalqaro turnir 16 aprelga qadar davom etadi.

Top