14:50 / 12.04.2016
1717

«Milan» Mixaylovichning iste'fosi haqida rasman ma'lum qildi

«Milan» jamoasi Sinisha Mixaylovichning ishdan bo‘shatilgani haqida rasman e'lon qildi.

Endilikda jamoaning mavsum oxirigacha Kristian Brokki boshqaradi, u «rossoneri»larning bugungi mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

Mixaylovich jamoaga joriy mavsum arafasida, o‘tgan yilning yozida taklif qilingandi. Uning boshqaruvida milanliklar 32 turdan keyin A seriyaning 6 o‘rnida qolmoqda. Shuningdek, «Milan» Italiya Kubogi finaliga chiqqan.

Brokki keyingi 3 yil davomida «Milan»ga olib kelingan beshinchi murabbiy bo‘ldi.

OAV: Mixaylovich haydaldi, «Milan»ning yangi bosh murabbiyi Brokki bo‘ladi

Top