12:45 / 12.04.2016
2445

«O‘zbekenergo» AJ 2016 yilning birinchi choragida 6 tonna go‘sht va 195,9 tonna sut yetishtirdi

«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati 2016 yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili» Davlat dasturi haqida»gi 2016 yil 09 fevraldagi № PP-2487 sonli qarorini amalga oshirish maqsadida «O‘zbekenergo» AJda 35,9 milliard so‘mlik hajmdagi xarajatlar prognozi bilan sanoat dasturi ishlab chiqilgan, chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta'minlash bo‘yicha komissiya tashkil etildi. «Sog‘lom ona va sog‘lom bola» yili dasturi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari 2016 yilning 1-choragida 4,5 milliard so‘mni tashkil etdi.

Dastur doirasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining oshirilishi bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

2016 yil 1 aprel holatiga ko‘ra korxonalarda saqlanayotgan chorvachilik mollari umumiy soni 2 333 boshni tashkil etadi, ulardan 1 530 bosh yirik qoramol va 803 bosh mayda qoramol.

2016 yilning 1-choragida 6 tonna go‘sht, 195,9 tonna sut, 90,4 tonna sut mahsulotlari, 3,4 tonna sabzavot mahsulotlari va 0,2 tonna baliq mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Top