18:51 / 12.04.2016
1298

Qirg‘izistonda hukumat partiyasi bosh vazirlik lavozimi uchun Sooronbay Jeenbekov nomzodini ko‘rsatdi

Qirg‘iziston parlamentidagi koalitsiya bir ovozdan Sooronbay Jeenbekov nomzodini mamlakat bosh vazirligi lavozimi uchun ko‘rsatgan. Bu haqda respublika parlamenti matbuot xizmati xabar tarqatgan.

"Hukumatdagi koalitsiya tarkibidagi parlament fraksiyasi Qirg‘iziston sotsial-demokratlar partiyasi vakili Sooronbay Jeenbekov nomzodini mamlakatning yangi bosh vazirligiga taqdim etish variantini ko‘rib chiqdi. Yakunda bu nomzod ma'qullangan", deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda Jeenbekov Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari o‘rinbosari sifatida ishlamoqda. U parlament spikeri Asilbek Jeenbekovning tug‘ishgan ukasi hisoblanadi. Parlament va prezident bu nomzodni tasdiqlasa, qonunchilikka ko‘ra spiker o‘z lavozimini tark etishi talab etiladi. Koalitsiya tarkibiga parlamentdagi 6ta fraksiyadan 4tasi kiradi.

11 aprel kuni Temir Sariyev bosh vazirlikdan iste'fo berdi. U bilan birga Vazirlar Mahkamasi ham iste'foga ketadi. Qirg‘iziston hukumatining yangi tarkibi 14 aprelgacha shakllantirilishi kerak.

Top