16:44 / 12.04.2016
1540

Saakashvili va Klichko xalq ishonchi asosidagi hukumat tashkil etish talabi bilan chiqdi

Odessa viloyati ma'muriyati raisi Mixail Saakashvili Kiyev meri Vitaliy Klichkoning xalq ishonchi asosidagi hukumat tashkil qilish g‘oyasini ma'qullashini ma'lum qilgan. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun tizimni qaytadan ishlab chiqish zarur bo‘ladi.

«Men Kiyev meri, do‘stim Vitaliy Klichkoning xalq ishonchidagi hukumatni tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlayman. Rostan ham bunda butun jamiyat ishonchidagi odamlar tayinlanishi kerak, qandaydir notanish kimsalar emas. Bizga xalq ishonchidagi odam kerak. U baquvvat, vakolatli va Ukrainaga sodiq fuqaro bo‘lishi kerak. Biz xalq muhokamasini tashkil etishimiz zarur va ularning qopdagi mushukni olib ketib qolishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», — deya gapirib o‘tgan Saakashvili.

Top