21:21 / 12.04.2016
1651

Shuker: «Real» YeChL finalida «Barselona» yoki «Bavariya»ga qarshi o‘ynaydi

«Real» jamoasining sobiq hujumchisi Davor Shuker madridliklarning «Volfsburg» to‘sig‘idan o‘tib, yarimfinalga, undan keyin YeChL finaliga chiqishga yetarli darajada salohiyatliligi haqida gapirdi.

«Real» «Barselona»ga qarshi juda yaxshi o‘yin namoyish etdi, «Volfsburg»ga qarshi o‘yin arafasida esa futbolchilar biroz bo‘shashishdi. Nemislar hamisha xavfli raqib bo‘lishgan. Qachonki Chempionlar ligasi madhiyasini eshitar ekansan, qarshingda Yevropaning eng kuchli jamoasi «Real» turgan bo‘lsa, baribir hech narsa yo‘qotmasliginga amin holda o‘ynaysan va g‘alabaga erishishing mumkin.

«Volfsburg» bilan o‘yinda nimalar ro‘y berishi mumkin. Agar «Real» jamoaviy o‘yinni yaxshi tashkil qila olsa, o‘zi ko‘zlagan maqsadga erisha oladi. Shu ruhda davom etsa, «Real» finalga ham chiqib, finalda «Barselona» yoki «Bavariya» bilan to‘qnash kelishi mumkin. Bu 3 jamoa hozir Yevropadagi eng kuchli jamoalardir», — deya Shukerning so‘zlarini keltiradi Cadena Cope.

«Real» va «Volfsburg» o‘rtasidagi javob uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. Bir hafta oldingi birinchi uchrashuvda germaniyaliklar 2:0 hisobida ustun kelishgandi.

Top