22:20 / 12.04.2016
1505

«Yuventus» «Real»dan Isko va Daniloni sotib olish uchun 65 mln yevro sarflashga tayyor

«Yuventus» jamoasi rahbariyati «Real» klubi vakillari bilan madridliklarning uch nafar futbolchisiga aloqador transferlar borasida muzokara olib borish uchun uchrashmoqchi.

Turinliklar birinchi navbatda Alvaro Moratani o‘zida saqlab qolish uchun harakat qilmoqda va buning uchun «Real»ga qo‘shimcha 20 mln yevro to‘lamoqchi.

Shuningdek, «keksa sinora» rasmiylari yarim himoyachi Iskoni va Daniloni sotib olishga urinib ko‘radi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, turinliklar «Real»ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan Isko uchun 40 mln, mavsum arafasida «Portu»dan xarid qilingan va kutilgan o‘yinni namoyish eta olmagan braziliyalik himoyachi Danilo uchun esa 25 mln yevro sarflashga tayyor.

Top