01:48 / 13.04.2016
2462

YeChL. "Real" va "Manchester Siti" yarim finalga yo‘l oldi (Video)

Madridning "Real" jamoasi Yevropa chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida “Volfsburg” futbolchilarini o‘z maydonida qabul qildi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida Karvaxalning o‘ng qanotdan oshirib bergan to‘pini Ronaldu ortiqcha qiyinchiliksiz darvoza to‘riga kiritdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay "Real" burchak zarbasi ishlab oldi. Kroosning oshirib bergan to‘pini yana o‘sha tinib-tinchimas Ronaldu boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab hisobni - 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yin tugashiga 13 daqiqa qolganida Krishtianu Ronaldu jarima zarbasini qoyilmaqom bajardi. To‘p jonli devor orasidan o‘tib, darvoza burchagiga kirib ketdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Real" Yevropa chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.

YeChL. Chorak final. Javob uchrashuvi.

"Real" – "Volfsburg" 3:0 (Birinchi o‘yin - 0:2)
Gollar: Ronaldu 16, 17, 76.
Ogohlantirish: Maksimilian Arnold 45+2, Luis Gustavo 76, Ronaldu 80, Viyeyrinya 90.

"Real"- Navas, Karvaxal, Ramos, Pepe, Marselo, Modrich (Varan 90+2), Kazemiro, Kroos, Beyl, Benzema (Xese 84), Ronaldu.

"Volfsburg"- Benalo, Viyeyrinya, Naldo, Dante, Rodriges, Gilyavogi (Bas Dost 80), Gustavo, Enrike (Kalidjuri 72), Arnold, Draksler (Maks Kruze 32), Shyurrle.

Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi Yevropa chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida "PSJ"ga qarshi o‘z maydonida bahs olib bordi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida "Manchester Siti" 11 metrlik jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Ammo Aguero bunday imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Jamoalar tanaffusga durang natija bilan chiqib ketishdi. Ikkinchi bo‘limda nihoyat De Bryuyne hisobni ochdi - 1:0. Uchrashuv shu hisobda yakunlandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Manchester Siti" jamoasi Yevropa chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.

YeChL. Chorak final. Javob uchrashuvi.

"Manchester Siti" - "PSJ" 1:0 (Birinchi o‘yin - 2:2)
Gol: De Bryuyne 76.
Ogohlantirishlar: Kevin Trapp 29, Pastore 67, Van der Vil 68, Fernandino 72.

"Manchester Siti": Jo Xart, Bakari Sanya, Elakium Mangala, Nikolas Otamendi, Gael Klishi, Fernando, Fernandino, Xesus Navas, David Silva (Fabian Delf 84), Kevin De Bryuyne (Yaya Ture 88), Serxio Aguero (Ixeanacho 90+3).

"PSJ": Kevin Trapp, Tiago Silva, Markinos, Maksvell, Serj Ore (Pastore 61), Van der Vil, Adriyen Rabio, Tiago Motta (Lukas Moura 44), Di Mariya, Edinson Kavani, Zlatan Ibrahimovich.

Top