10:32 / 13.04.2016
1650

«Espanol» klubi Shakira haqidagi haqoratli banner uchun 24 ming yevro jarima to‘laydi

Barselonaning «Espanol» klubi Ispaniya kubogining 1/8 final «Barselona»ga qarshi javob uchrashuvida muxlislarning o‘zlarini noxulqiy harakatlari uchun 24 ming yevro miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.

TV3 telekanali bergan ma'lumotga ko‘ra, jamoa muxlislari «ko‘k-anorranglilar» futbolchilarini haqorat qiluvchi bir nechta bannerlar ko‘tarib chiqishgan. Ulardan biri futbolchi Herard Pikega atalgan bo‘lib unda: «Shakira hamma uchun atalgan» yozuvlar bitilgandi.

«Espanol» ushbu jarimani to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Top