14:59 / 13.04.2016
1553

Geofiziklar azaliy masalani hal qilishdi

Kanada, Rossiya va Shvetsiya geofiziklari birgalikda azaliy masalani hal qilishdi - olimlar Kolumbiya va Rodiniya qadimiy superkontinentlari qachon va qay tarzda birlashganiga izoh berishdi. Mualliflarning tadqiqotlari Nature Geoscience jurnalida nashr etilgan. Bu haqida Vayoming universiteti (AQSh) saytida ma'lumot berildi.

"Bu yangi tadqiqotda biz Lavrentiya shimoli (Shimoliy Amerika) va Sibir janubi taxminan 1,2-1,9 milliard - 700 million yil ilgarigi davr ichida birlashishgan, degan xulosaga keldik", - dedi Vayoming universitetidagi hammuallif Kevin Chemberlen.

"Geologlar detektivlar kabidir. Aftidan biz jinoyat joyiga voqeadan keyin kelganmiz va uning bo‘laklarini birlashtirib yig‘ib chiqdik", - dedi Chemberlen.

Tadqiqotda olimlar zamonaviy qit'alarning turli hududlarida avval bir-biriga aloqador bo‘lgan bir xil jism namunalarini topishgan. Ularning joylashuvi, tuzilishi va kimyoviy tarkibi umumiy kelib chiqishiga ega. Bu ularning ilgari bir butun bo‘lganidan dalolat beradi, xususan, birlashgan superkontinent tarkibiga kirgan.

Top