14:46 / 13.04.2016
1343

Groysman Ukraina bosh vaziri bo‘lishga rozilik berdi

Oliy Rada spikeri Vladimir Groysman Ukraina hukumatini boshqarishga, ya'ni mamlakat bosh vaziri bo‘lishga rozilik bergan. Bu haqda «112 Ukraina» xabar qildi.

U o‘zi istagan nomzodlar tarkibga kirmasa, hukumatni boshqarishdan bosh tortishini ma'lum qilgan. Shu bilan birgalikda, u fuqarolarning qo‘llab-quvvatlovini so‘ragan.

"Men hukumatga rahbarlik qilish mas'uliyati kattaligini bilaman, vazifalar ham juda ko‘p. Lekin sizning, ukrainaliklarning madadi bo‘lsa, biz birgalikda barcha kerakli choralarni amalga oshirib, Ukrainani inqirozdan olib chiqamiz", degan u.

Bundan tashqari, u yangi hukumat tarkibi poraxo‘rlikdan xoli bo‘lishini ta'kidlagan.

Bundan oldinroq, Ukraina Oliy Radasidagi «Petro Poroshenko bloki» fraksiyasi raisi Yuriy Lutsenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida mamlakatning yangi bosh vaziri nomzodi kelishib olinganini ma'lum qilgandi.

Top