Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne Yevropa chempionlar ligasining 1/4 final «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvi (1:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Biz juda yaxshi o'yin namoyish etdik. «PSJ» ko'p vaziyatlar yarata olmadi. Shunday ekan biz haqli ravishda yarim finalga yo'llanma oldik.

Yarim finalda har qanday vaziyat bo'lishi mumkin. Albatta qiyin bo'ladi, ammo biz bu uchrashuvni intizorlik bilan kutamiz», – deya gapirib o'tdi de Bryuyne.