21:00 / 13.04.2016
1466

OAV: Xitoyda qurilish kran qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi

Xitoyning Mayun posyolkasida (Guandun viloyatidagi Dunguan okrugi) qurilish maydonchasida qurilish kranining barak ustiga qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi. "Sina" axborot portalining ma'lum qilishicha, 33 kishi jarohat olgan.


Portal ma'lumotlariga ko‘ra, 4 kishining ahvoli og‘ir deya baholangan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, noxush voqea kuchli shamol oqibatida kranning barak ustiga qulashi oqibatida yuz bergan. Qutqaruv ishlari nihoyasiga yetkazilgan.

Top