16:35 / 13.04.2016
6050

"O‘rgimchak odam" filmining yangi qismiga nom topildi

O‘rgimchak odam sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi yangi filmga nom topildi. Variety jurnali tomonidan xabar berilishicha, film nomi «O‘rgimchak odam: Uyga qaytish» bo‘ladi.

Sony Pictures kinokompaniyasida ma'lum qilishlaricha, film namoyishi kelasi yil yozda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ushbu yangilik haqida Las-Vegasdagi CinemaCon ko‘rgazmasida e'lon qilindi. Unda film bosh qahramoni rolini ijro etgan britaniyalik aktyor Tom Holland ham ishtirok etgan.

«Men Tom Holland va men yangi o‘rgimchak-odamman», – degan aktyor anjuman chog‘ida.

Holland «Ilk qasoskor: Ziddiyat» filmida ham shu obrazda namoyon bo‘lgandi.

Sony Pictures rahbari Tom Rotman o‘rgimchak-odam haqidagi yangi qissalar 3 qismdan iborat bo‘lishiga umid bildirdi. Uning ilk lavhasida, film qahramoni tahsil olish va dunyoni qutqarish orasida muvozanatni topishga harakat qiladi. Sony ushbu loyiha ustida Marvel Studios bilan hamkorlik qilmoqda.

Top