10:12 / 13.04.2016
1437

Pellegrini: «Siti»ni nega tanqid qilishlarini tushunmayman»

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Yevropa chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvida «PSJ» ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Juda xursandman. Nafaqat g‘alabadan, balki keyingi bosqichga chiqqanimizdan ham. Biz bugun o‘zimiz xohlagan o‘yin uslubida g‘alaba qozondik. O‘yin boshidan hech qanday nursiz durang haqida o‘ylaganimiz yo‘q, faqat «PSJ»ni mag‘lubiyatga uchratish haqida o‘yladik.

De Bryuyne – biz uchun juda muhim futbolchi. O‘yinning boshidan oxirigacha ustunlik qildik va gol urishga haqli edik. Agueroning penaltini noaniq bajargani biz uchun uncha yaxshi bo‘lmagan vaziyat edi, ammo jamoa yuqori saviyali jamoalarga qarshi xarakter ko‘rsata olishini namoyish etdi.

Men hech qachon [yevrokuboklardagi ishtiroki uchun - tahririyat] jamoa manzili tomon tanqidlar otilishini tushunmagan. «Siti»dagi birinchi mavsumimda biz «Bavariya»ni mag‘lubiyatga uchratdik va «Barselona»ga yutqazib qo‘ygandik. Ikkinchi mavsumda ham «Bavariya»ni yutib, yana «Barselona»ga yutqazib qo‘yganmiz.

Bu yil esa guruhda g‘alaba qozondik va «PSJ» to‘sig‘idan o‘ta oldik. Nahotki odamlar «Barselona»ning tarkibi biznikidan kuchli ekanini tushunishmasa, ularda nisbatan saviyaliroq futbolchilar to‘p surishini bilishmasa?» – deya gapirib o‘tgan Pellegrini.

Top