10:41 / 13.04.2016
1531

Xitoy janubida 6 kishi qulagan uy vayronalari ostida qolib ketdi

Xitoy janubidagi Guandun viloyatida aholi turar joy binosi qulab tushgan. CCTV telekanali xabarida aytilishicha, xarobalar ostida 6 kishi qolib ketgan.

Ayni vaqtda hodisa joyida maxsus xizmatlar ish olib bormoqda.

Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, kuchli bo‘ron tufayli shu viloyatdagi Foshan shahrida ham elektr ta'minoti uzilib qolgan, shuningdek, 26 kishi jabrlangan.

Top