08:49 / 14.04.2016
1710

Angliya Kubogi. «MYu» javob o‘yinida «Vest Hem»ni yengib, yarim finalga chiqdi

13 aprel oqshomida Angliya Kubogining chorak finalida «Vest Hem» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va Lui van Gaal shogirdlari 2 uchrashuv natijasiga ko‘ra yarim finalga chiqdi.

Uchrashuvning 54 daqiqasida Antoni Marsiyalning uzatmasidan so‘ng Markus Reshford individual mahorati evaziga gol urib, hisobni ochdi. 67 daqiqada Maruan Fellayni hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

«Vest Hem» himoyachisi Tomkins 79 daqiqada bitta javob to‘pini kiritdi.

O‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi va manchesterliklar turnirda ishtirokni davom ettiradigan bo‘ldi.

Angliya Kubogining yarim final o‘yinlari 23-24 aprel kunlari o‘tkaziladi. «MYu» «Everton» maydoniga safar qilsa, «Kristal Pelas» «Uotford» bilan o‘ynaydi.

Angliya Kubogi, 1/4 final. Javob o‘yini

Vest Hem – Manchester Yunayted – 1:2
Gollar: Tomkins, 79 — Reshford, 54, Fellayni, 67
Vest Hem: Randolf — Kressvell, Ogbonna, Tomkins, Antonio — Nobl, Kuyate — Payye, Lansini (Emenike, 74), Valensiya (Mozes, 62) — Kerroll
Manchester Yunayted: De Xea – Roxo (Valensiya, 69), Blind, Smolling, Fosu-Mensa — Karrik, Fellaini — Marsiyal, Errera (Shneyderlen, 77), Lingard – Reshford (Runi, 90)
Ogohlantirishlar: Kerroll – Karrik, Roxo, Errera
Dastlabki o‘yin: 1:1

Top