17:38 / 14.04.2016
11958

Dunyodagi eng chiroyli mushuk aniqlandi

Turk vani zotidan hisoblanmish ikki xil rangli ko‘zga ega mushuk internet foydalanuvchilari e'tiboriga tushdi. Surati namoyish etilgan mushukning bir ko‘zi ko‘k, birisi esa yashil ranglidir. Internetning yangi qahramoni Alosh deb nomlanadi. U Turkiyada yashaydi.

Daily Express gazetasi jonivorni dunyodagi eng chiroyli mushuk emasmi, deb savol bergan. Daily Mail esa uni eng jozibali deb hisoblagan hamda tashqi ko‘rinishini “gipnoz ta'siriga ega”, deb baholagan.

Aloshning ko‘zlari geteroxromiya xastaligiga chalingan. Uning ko‘k ko‘zida melanin pigmenti yetishmaydi. Mushukning egasi Burju Qaynoqning so‘zlariga ko‘ra, “Barcha birdek Aloshni yaxshi ko‘radi”.

Top