15:09 / 14.04.2016
1863

Gertsog va gersoginya Kembrijskiylar Butanga tashrif buyurishdi

Gertsog va gersoginya Kembrijskiylar shaxsiy samolyotlarida Butanga tashrif buyurishdi, deb xabar bermoqda Daily Mail. Tashrif ikki kun davom etadi.

Uilyam va Keytni malika Chimi Yang Vangchuk va uning turmush o‘rtog‘i kutib olgan. Ular mehmonlarga do‘stlik ramzi sifatida milliy sharf sovg‘a qilishdi.

Gertsog va gersoginya tashrif davomida Butan qiroli va qirolichasi bilan uchrashadi. Jigme Kxesar Namgyal Vangchuk va Jyetsun Pemani ularga qiyoslashadi va hatto bu juftlikni “Sharqning Uilyam va Keyti” deb ham atashadi.

Britaniya shahzodasi va uning rafiqasi Butanga Hindistondagi safarlaridan so‘ng bo‘lishdi.

Top