14:46 / 14.04.2016
2157

Microsoft tomonidan suratlarni farqlovchi yangi dastur ishlab chiqildi

Microsoft suratga qarab unda nima tasvirlanganligini aytib beruvchi maxsus dasturni ishga tushirdi. Bu haqda Gizmodo xabar bermoqda.

CaptionBot dasturining sharhlari suratlardan iborat bo‘lib, u hatto suratda aks etgan insonning yuz tasvirini ko‘rsatib berish uchun emodzilardan mustaqil ravishda foydalanadi. Bu shu yo‘nalishda ishlangan birinchi dastur emas, xuddi shunga o‘xshash dasturni bundan ikki yil muqaddam Google kompaniyasi ham chiqargan edi. Ammo Microsoft tomonidan chiqarilgan CaptionBot dasturi ixchamroq etib ishlangan.

Ayni damda dastur mukammal ishlamayapti va aksari holatlarda xatolikka yo‘l qo‘ymoqda. Har safar undan foydalanganda neyroset foydalanuvchidan uni baholashini so‘raydi.

Top