16:39 / 14.04.2016
1489

Putin «ofshor mojarosi» haqida: buyurtmachilarning quloqlari ding turibdi

Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin rossiyaliklar bilan o‘tkazayotgan «bevosita muloqot»i vaqtida ofshor mojarolarini keltirib chiqargan «Panama hujjatlari»ning oshkor qilinishiga oid fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borganlar orasida Amerika rasmiy idoralari xodimlari ham bor.

Putinning aytishicha, ushbu hujjatlarni birinchilardan bo‘lib o‘z sonida e'lon qilgan Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasi esa, Amerika kompaniyasiga qarashli media xoldingi tarkibiga kiradi.

Putinning ta'kidlashicha, ushbu vaziyatda buyurtmachilar kimligi yaqqol ko‘rinib tursa-da, ularning uyatdan yuzlari qizarmasligi ham kundek ravshan.

Rossiya rahbari, shuningdek, «biz bilan o‘zaro hurmat tamoyili asosida muloqot qilishsa, biz barcha tomonni qanoatlantiruvchi xulosani topa olardik», deya bayonot bergan.

Top