20:29 / 14.04.2016
4744

Putin: prezident bo‘lish uchun o‘qish kerak

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14 aprelda rossiyaliklar bilan "to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot" vaqtida prezident bo‘lish uchun qaysi ta'lim muassasasida ta'lim olish ahamiyatsiz ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Putindan Rossiya prezidenti bo‘lish uchun qaysi ta'lim muassasasiga o‘qishga kirish kerakligi haqida so‘rashdi.

Putin buning uchun aynan qaysi ta'lim muassasasida o‘qish kerakligini aytmadi va "asosiysi o‘qish" deb javob berdi.

Avvalroq Putindan Yagona davlat imtihoni bilan og‘zaki imtihondan qaysi birini tanlagan bo‘lishi so‘ralganda, "og‘zaki imtihon" deb javob berdi.

Shuningdek, Putindan 2018 yilgi prezidentlik saylovlaridagi ishtiroki haqida so‘raldi.

"Bu haqda gapirishga hali erta", deya javob berdi.

Putinning aytishicha, ayni vaqtda odamlarning ishonchini qanday qilib oqlash mumkinligini o‘ylash kerak.

Top