21:25 / 14.04.2016
1364

Termizlik odamfurush qo‘lga olindi

Odam savdosiga qo‘l urgan shaxslardan biri — B.Yangiboyeva (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) farzandini sotganligi haqida SVOJJDLQK departamentining Termiz shahar bo‘limiga tezkor ma'lumot kelib tushdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

To‘plangan hujjatlar o‘rganilganda, B.Yangiboyeva viloyat perinatal markazining qabul bo‘limiga kelib, bola tug‘ilishi bilan bog‘liq hujjatlarni fuqaro Z.Gulmirovaning pasportidan foydalangan holda rasmiylashtirib, dunyoga keltirgan farzandini ushbu shaxsga 2 mln. so‘mga sotib yuborganligi aniqlandi.

Yuqorida qayd etilgan holat bo‘yicha fuqaro B.Yangiboyevaga va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan jazo muqarrarligi tayinlandi.

Top