17:11 / 14.04.2016
1589

Xitoy politsiyasi Ronald Makdonald haykalini “hibsga oldi”

Xitoyning Guanchjou shahri politsiyasi “Makdonalds” tarmoqlaridan birining oldida o‘rnatilgan Ronald Makdonald haykalini “hibsga oldi”. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.

Shaharda yo‘lovchilar yuradigan yo‘laklarda reklama joylashtirish taqiqlangan. Bu odamlarga halaqit beradi, deb hisoblashadi. Mahalliy amaldorning aytishicha, restoran rahbariyati bu borada bir necha bor ogohlantirilgan. Ammo ular bunga pisandsizlik bilan qaragan.

Politsiya xodimlari haykalni olib ketishgan, undan faqat aoyafzallari qolgan xolos. Bir politsiya xodimining so‘ziga ko‘ra, restoran rahbariyati qachonki o‘z aybini tan olsagina, ular haykalni qaytarib berishlari mumkin.

Top