14:30 / 14.04.2016
1940

Yaponiya elchisi Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Fumixiko Kato va dipmissiyaning birinchi kotibi Soichiro Toyoshimo Buxoro viloyatiga bordi.

Tashrif dasturiga asosan, mehmonlar Kogon shahridagi A. Qodiriy nomli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan marhum yapon harbiy asirlari mangu qo‘nim topgan “Birodarlik” qabristonida bo‘lishdi.

Shundan so‘ng ular Buxoro davlat universiteti binosida joylashgan O‘zbek-Yaponiya markaziga tashrif buyurishdi. Delegatsiya a'zolari universitetning yangi binosida markaz uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, o‘quv dasturlari bilan tanishib, markazning kelgusi rejalari haqida fikr almashishdi.

"Mehmonlar shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirildi", deb xabar beradi Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati.

Top