11:29 / 15.04.2016
1329

«Bavariya» Aleksis Sanchesning transferi uchun 40 mln yevro taklif qildi

«Arsenal» jamoasi yarimhimoyachisi Aleksis Sanches «Bavariya» jamoasi nishoniga tushdi.

Myunxenliklar klubi mavsum yakunlangach, 27 yoshli chililik bu futbolchi uchun 40 million yevro taklif qilmoqchi. Bu haqda As nashrining Chilidagi versiyasida xabar qilingan.

«Bavariya» Sanches nomzodini doimiy ravishda jarohat oladigan Frank Riberi va Aren Robbenga o‘rindosh sifatida ko‘rmoqda.

Sanchesning «Arsenal» bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan, ammo londonliklar klubi bu shartnomani uzaytirish uchun harakatlarni boshlagan.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchiga «PSJ» tomonidan qiziqish borligi haqida ma'lum qilingandi.

Ushbu futbolchi joriy mavsumda APL doirasidagi 24 uchrashuvda maydonga tushgan va 9ta gol urib, 5ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Top