17:32 / 15.04.2016
1931

Butunjahon boks seriyasi chorak finalida O‘zbekiston vakillari va rossiyalik bokschilarga qarshi chiqishadi

O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari Butunjahon boks seriyasi (WSB) bo‘yicha 22-23 aprel kunlari Rossiyaning Ulyanovsk shahrida bo‘lib o‘tadigan chorak final janglarida o‘zaro raqib bo‘lishadi. Bu haqda «R-Sport» Rossiya terma jamoasi katta murabbiyi Ivan Shidlovskiy bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Uzbek Tigers jamoasi D guruhida 2-o‘rinni egallab mazkur bosqichga qadar yetib kelishgan. Rossiyaliklar esa C guruhidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib birinchi pog‘onani egallashgandi.

«Rossiya boks Federatsiyasi rahbariyati chorak final janglari 22 va 23 aprel kunlari Ulyanovskda bo‘lib o‘tishiga rozilik bildirishdi», — deydi Shidlovskiy.

O‘zbekiston boks federatsiyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, terma jamoa tarkibi Ulyanovskga ketishdan ikki kun muqaddam e'lon qilinadi.

Yarim final uchun shuningdek Kuba va Meksika, Buyuk Britanii va Ukraina, Qozog‘iston va Venesuela juftliklari o‘zaro kurash olib borishadi.

Top