15:43 / 15.04.2016
1351

Dele Alli: «Men «Arsenal»ga o‘tishdan ko‘ra, futboldan ketishni afzal bilaman»

Londonning «Tottenhem» jamoasi yosh yarimhimoyachisi Dele Alli zayavil, hech qachon, qanday taklif bildirilsa ham shaharning boshqa bir jamoasi, «shporlar»ning ashaddiy raqibi «Arsenal» safiga o‘tmasligini bildirdi.

«Agar «Arsenal»ga o‘tish va futbolchilikni yakunlash varianti qarshisida qolsam, men ikkinchisini tanlayman va ikkilanmasdan butsalarimni mixga ilaman», – deydi Alli.

20 yoshli bu futbolchi mavsum kashfiyotiga aylandi va yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun da'vogarlar qatoriga kirdi.

Alli joriy mavsumda APLning 31 o‘yinida maydonga tushgan va 8 gol urib, 10ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Top