14:49 / 15.04.2016
1987

Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final juftliklari nomi ma'lum bo‘ldi

Bugun, 15 aprel kuni YeChL yarim finalida maydonga tushadigan raqiblar nomini aniqlash uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra yarim final juftliklari quyidagicha:

«Manchester Siti» — «Real Madrid»
«Atletiko Madrid» — «Bavariya»

Yarim final uchrashuvlari 26-27 aprel va 3-4 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

26 aprel kuni «Manchester Siti» - «Real», 27 aprel kuni «Atletiko» — «Bavariya» uchrashuvlari o‘tkazilsa, 3 may kuni Myunxenda «Bavariya» «Atletiko»ni, 4 may kuni esa Madridda «Real» «Manchester Siti»ni qabul qiladi.

Final 28 may kuni Milanda, «San-Siro» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Finalda «Manchester Siti» – «Real» juftligi g‘olibi mezbon maqomida bo‘ladi.

Top