15:48 / 15.04.2016
2277

Yevropa Ligasi. Yarim final juftliklari nomi ma'lum bo‘ldi

Bugun, 15 aprel kuni Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finaliga qur'a tashlangach, Toshkent vaqti bilan soat 15:30da Yevropa Ligasi yarim finaliga qur'a tashlash marosimi boshlandi.

Qur'a natijalariga ko‘ra, yarim finalda Ispaniyaning «Vilyarreal» jamoasi va Angliyaning «Liverpul» jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Ikkinchi juftlikda esa Ispaniyaning yana bir jamoasi «Sevilya» Ukraina vakili «Shaxtyor»ga qarshi bahs olib boradi.

Yevropa Ligasining yarim final o‘yinlari 28 aprel hamda 5 may kunlari o‘tkaziladi. Yevroliga finaliga 18 may kuni Shveytsariyaning Bazel shahridagi «Sankt-Yakob Park» stadioni mezbonlik qiladi.

«Vilyarreal» - «Liverpul» juftligi g‘olibi rasman final mezboni sifatida maydonga tushadi.

Top