23:22 / 15.04.2016
1274

Hindistonda yo‘l-transport hodisasida 11 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning markaziy qismidagi Chxattisgarx shtatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 30 nafar kishi jarohat oldi. "Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, kuzovida 45 kishi bo‘lgan kichik yuk mashinasi yo‘lda to‘ntarilib ketgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, YTHga tushgan transport vositasi Bxanupratappurga to‘yga odamlarni olib ketayotgan bo‘lgan. Jabrlanganlar Antagara, Kankera va Raypura shaharlari shifoxonalariga yetkazilganlar.

Top