22:14 / 15.04.2016
1668

Internet foydalanuvchilari "Obamani o‘zlari istagan jumlani talaffuz qilishga majburlashlari" mumkin bo‘ldi

Stenford universiteti (AQSh) aspiranti Ed King Talk Obama To Me nomli resurs yaratdi. Bu resurs orqali internet foydalanuvchilari AQSh prezidenti Barak Obamani istalgan jumlani talaffuz qilishga majbur qilishi mumkin bo‘ladi.

Saytga kirganda foydalanuvchi maxsus oynachaga soddaroq jumlalar kiritishi kerak bo‘ladi.

Talk tugmasi bosilgandan keyin Obamaning turli chiqishlariga asoslangan videojamlanmasini eshitishi mumkin bo‘ladi. Agar dasturga mavjud bo‘lmagan so‘zlar yoki turli ismlar kiritilsa, u har bir harfga alohida ishlov beradi va gap tushunarsiz va uzilishlar bilan eshitiladi.

Sayt faqat ingliz tilini quvvatlaydi.

Sayt yaratuvchisi start fraza sifatida Obama tilidan quyidagi gapni eshitishni taklif qilgan: "Sen mening onamga yoqmaysan, holbuki u hammani yoqtiradi".

Top