09:50 / 15.04.2016
1307

Nainggolan «Chelsi» kelgusi mavsumda YeChLda o‘ynamasligi sabab londonliklar safiga o‘tishdan bosh tortmoqda

Italiyaning «Roma» klubi yarimhimoyachisi Radja Nainggolan Londonning «Chelsi» jamoasiga o‘tishga qiziqmayapti.

La Repubblica nashri bergan xabarga ko‘ra, 27 yoshli Belgiya terma jamoasi futbolchisi londonliklar taklifiga rad javobi berishini kelgusi mavsumda «Chelsi» Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etmasligi bilan izohlagan.

«Roma» hozirgi vaqtda Italiya chempionatining 32 turidan keyin jadvalda 3-o‘rinda bormoqda va asosiy yevrokubok turniriga yo‘llanma olishga yaqin turibdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Chelsi» Nainggolan uchun 35 million yevro berishga tayyorligini bildirgani, «Roma» esa 45 million talab qilayotgani haqida xabar qilingandi.

Top