16:22 / 15.04.2016
2866

O‘zbekistonlik shaxmatchilar Osiyo chempionatida 9 ta medalni qo‘lga kiritishdi

5 apreldan 15 aprelga qadar Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida shaxmast bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada 17 davlat: Hindiston, O‘zbekiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Xitoy, BAA, Vetnam, Yaman, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Malayziya, Janubiy Koreya, Singapur, Turkmaniston va Shri Lankadan kelgan shaxmatchilar qatnashdi.

Osiyo chempionati yakunlariga muvofiq o‘zbekistonlik shaxmatchilar jami 9 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, 6 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ichida Begmurotov Humoyun bitta, 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ichida Yoqubboyev Nodirbek ikkita (blits va odatiy yo‘nalishida), Nigmatov Ortiq 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ichida bitta (rapid yo‘nalishida) oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

6 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ichida Begmurotov Humoyun rapid yo‘nalishida, 8 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ichida Xaitov Mashhur,14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ichida Yoqubboyev Nodirbek kumush medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkita bronza medalni Abdisalimov Abdimalik odatiy va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘lga kiritdi.

Top