09:34 / 15.04.2016
1573

Panama soliq hisobotiga oid xalqaro standartlarni joriy qilishga rozi bo‘ldi

Panama rahbariyati bank va soliqqa oid ma'lumotlarni avtomatik ravishda almashuvchi xalqaro tizimga qo‘shiladigan bo‘ldi. Bu haqda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) rahbari Anxel Gurria Vashingtonda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida bayonot bergan.

Panama hukumati Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi va Jahon banki rahbar organlarining bahorgi sessiyasi arafasida soliq hisobotiga oid barcha xalqaro hujjatlarga amal qilishga qaror qilgan.

IHTT rahbari ushbu yangilikni olqishlab, Panama rahbariyatining qarorini ofshor mojarosidagi ijobiy siljish deb baholadi. Bundan avvalroq, Panama hukumati soliqqa oid ma'lumotlar bilan almashish xalqaro tizimiga qo‘shilishni keskin rad etib kelar edi.

Vashingtonda joylashgan jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazish xalqaro konsorsiumi (ICIJ), 3 aprel kuni 11,5 milliondan ortiq sahifadan iborat ma'lumotlarni oshkor qilgan edi. Unda amaldagi va sobiq davlat rahbarlarining ofshor bitimlariga oid axborotlar jamlangandi.

Top