12:31 / 15.04.2016
4423

Qirg‘izistonda “Sibir kuydirgisi” kasalligiga chalinish holati qayd etildi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Suzoq tumanida mahalliy aholi vakillaridan biri “Sibir kuydirgisi” kasalligiga chalingani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda respublika FVV xabar bergan.

Vazirlik bergan ma'lumotga ko‘ra, 37 yoshli fuqaro tibbiy yordam so‘rab, mahalliy shifoxonalardan biriga murojaat qilgan. U tekshiruvdan o‘tkazilganda, bemorda sibir yarasi alomatlari sezilgan hamda uni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizishgan. "Oradan bir necha kun o‘tib, Yuqumli kasalliklarga qarshi stansiyaning O‘sh viloyati laboratoriyasida dastlabki tashxis natijalari ma'lum bo‘ldi”, — deyiladi ma'lumotda.

Bemor ayni damda “kerakli muolajalarni olmoqda” hamda uning salomatligi “o‘rtacha og‘ir darajada”. Suzoq tumanida esa mazkur xastalikka chalinish holatlarini aniqlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar boshlab yuborilgan.

Top