10:13 / 15.04.2016
5845

Rostov viloyatida sher bolalari sotilmoqda

Rostov viloyatida yashovchi ayol tirik sher bolalarini uyga yetkazib berish sharti bilan xarid qilishni taklif qilmoqda, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.

Ayol bu haqdagi e'lonni ommabop portallardan birida joylashtirdi.

"Sher bolalari 5 aprelda tug‘ildi. Ular menga bir vaqtlar sovg‘a qilingan ikkita sobiq sirk sherlarining bolalaridir. Bir sher bolaning narxi 150 ming rubl", deb ma'lum qilmoqda ayol.

Ayol sherlarni "yoshlik vaqtida o‘z egalariga kam muammo tug‘diradigan ajoyib uy hayvonlari" deb ta'riflagan.

Top